Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahrining Sergeli tumanidan turli soha vakillari, shu jumladan, ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan ziyolilarga ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sovgʻalari – xonadon hujjati topshirildi.
Jumladan, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 2-yil tayanch doktoranti (PhD) Haydarov Xumoyunga ham Prezident sovgʻasi taqdim etildi. Tayanch doktorant Haydarov Xumoyun Samijonovich 2010 yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining “Kompozitor, musiqashunos, fortepiano” fakulteti bakalavr bosqichini, 2012 yilda magistratura bosqichini “Musiqashunoslik” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2012-2018 yillar davomida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyida faoliyat yuritgan.
Haydarov Xumoyun Samijonovich talabalik yillaridanoq oʻzining iqtidori, bilimi, tashkilotchiligi, hujjatlar bilan ishlash qobiliyatiga ega ekanligi, xulq-atvori bilan eʼtiborga loyiq yosh mutaxassislardan biri sifatida alohida ajralib turgan. Ziyolilarga va ayniqsa, aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga koʻrsatilayotgan bu kabi gʻamxoʻrliklar muborak Ramazon Hayiti arafasida chinakam sovgʻa boʻldi.
Oʻzbekiston madaniyat vazirligi Matbuot xizmati