Oʻzbekiston Davlat tabiat muzeyining “Ertaklar olamiga sayohat” mavzusidagi yangi ekspozitsion zalining ochilishi kecha 18 aprel kuni boʻlib oʻtdi.
Yangi yaratilgan ekspozitsion zal nomoddiy madaniy merosni asrab avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda yuksak qadr-qimmatga ega.
Muzeyining innovatsion rivojlanish ish rejasi asosida yaratilgan zaldan maqsad umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, ezgulik va yaxshilikni targʻib qilish, tarbiyaviy jihatdan muhim axamiyatga ega boʻlgan halq ertaklaridagi mardlik, halollik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat hamda mehr-oqibat tuygʻularini yosh avlod qalbiga, ong- shuuriga singdirishdan iboratdir.
Tadbirda ishtirok etgan oʻquvchilarga yangi zal bir olam zavq-shavq bagʻishladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati