«Oʻzbekiston havo yoʻllari” xalqaro sayyohlik koʻrgazmasida qatnashmoqda

0
67
marta koʻrilgan.

2018 yilning 13 martida Moskva shahridagi “Expocentre” koʻrgazmalar markazida “MITT-2018”  xalqaro sayyohlik koʻrgazmasi ochildi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi axborot xizmati.

Xabarda qayd etilganidek, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi oʻz imkoniyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Ulysse tour”, “Marko polo”, “Central asia travel”, “Compass tour”, “Dolores travel”, “Orient star group”, “Inter mice asia” sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yagona “O’zbekiston” stendida taqdim etmoqda. 
 
15 martga qadar davom etadigan «MITT-2018″da Milliy aviakompaniya mutaxassislari sayyohlik sohasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish maqsadida turizm sohasi vakillari, kurort tashkilotlari, yirik mehmonxonalar, reklama  agentliklari, ommaviy axborot vositalari va koʻrgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar bilan bir qator uchrashuv va muzokaralarni oʻtkazishni rejalashtirgan.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.