Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga: “Eng kitobxon oila” aksiyasiga start berildi

0
240
marta koʻrilgan.

Bugun  Urganch shahridagi «Kitob markazi – Kitob dunyosi» tarmoq savdo markazlariga qarashli majmuada Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev, shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla Kenjayev, “Kitob markazi – Kitob dunyosi» TSM muassisi Shuhratjon Axundjanov va boshqalar ishtirok etgan tadbirda ehtiyojmand, “temir daftar”ga kiritilgan oilalarda tarbiyalanayotgan 100 nafar bolaga oʻquv qurollari va kitoblardan iborat sovgʻalar topshirildi.

Tadbir davomida mehmonlar uchun yosh ijodkorlar tomonidan konsert uyushtirilib, xayriya dasturxoni yozildi.

Xayriya tadbiri yakunida “Kitob markazi – Kitob dunyosi» muassisi Sh.Axundjanov kitobxonlar uchun “Eng kitobxon oila” aksiyasi start berilganini, oʻz navbatida, ushbu loyiha yakunida zukko va omadli kitobsevarlar avtomobil hamda boshqa qimmatbaho yutuqlarni qoʻlga kiritishlari mumkinligini maʼlum qildi.

Shuxrat Xoʻjayev, Urganch

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.