Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstligining yana bir ifodasi

0
39
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bagʻirovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tugʻilgan, ammo umrining katta qismini Oʻzbekistonda yashab, ijod qilgan. Ozarbayjon xalqini oʻzbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanitishda fidoyilik koʻrsatib kelmoqda. U koʻplab oʻzbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga oʻgirgan. Xususan, yaqinda Sirojiddin Sayyidning «Vaqt haykali» kitobini tarjima qilgan. Shoir xalqimizning shonli tarixi va Oʻzbekistonning soʻnggi yillardagi yutuqlaridan, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib yozilgan «Oʻzbek kelayotir» qasidasi bilan ham mashhurdir.

Uchrashuvda Akif Bagʻirov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Prezidentimizga oʻzi ozarbayjon tilida tayyorlagan «Shavkat Mirziyoyev fenomeni» kitobini taqdim etdi.

Kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning «Mening Prezidentim» va «Millatparvar» kitoblaridan saralab olinib, shoir tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan publitsistik esselar oʻrin olgan. U davlatimiz rahbari boshchiligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy islohot va oʻzgarishlarga bagʻishlangan. Unda Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatning asosiy yoʻnalishlari, jumladan, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sohani yaxshilash va Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash masalalari yoritilgan.

Prezidentimiz shoirga oʻzbek adabiyotini Ozarbayjonda ommalashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.