Oʻzbekiston Prezidenti «Air Products» kompaniyasi tomonidan yuqori texnologik loyihalar amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatladi

0
124
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni «Air Products» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston iqtisodiyotining strategik tarmoqlarida yuqori texnologik loyihalarni ilgari surishda AQSHning oʻz yoʻnalishida global yetakchi boʻlgan ushbu kompaniyasi bilan  amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari kompaniya rahbarini 1 milliard dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilgan holda Qashqadaryo viloyatidagi “GTL” zavodining uchta sanoat gaz uskunasini xarid qilish boʻyicha kelishuv muvaffaqiyatli yakunlangani va tegishli bitim imzolangani bilan tabrikladi.

 «Air Products» yana bir yirik loyihada – kamida 700 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilgan holda Buxoro viloyatida MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etayotgani qayd etildi.

Mamlakatimizda “yashil” vodorod sohasini rivojlantirish boʻyicha yana bir asosiy hamkor — Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi ishtirok etayotgan istiqbolli loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhimligi alohida taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.