Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 3 iyun kuni Anqara shahrida Turkiya Prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Anqara shahriga joʻnab ketdi.
Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan tashrif bilan Anqara shahriga keldi.
Esenbogʻa xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkiya hukumati vakillari va Anqara muzofoti rahbariyati kutib oldi.