Oʻzbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
18
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimiz yetakchisi BAA Prezidentiga mustahkam sogʻlik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, doʻst Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyi munosabati bilan ham bir-birlarini samimiy qutladilar.

Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga amalga oshirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib, ularni strategik sheriklik darajasiga koʻtargani alohida taʼkidlandi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun alohida «yoʻl xaritasi» qabul qilindi.

Yetakchilar Oʻzbekiston bilan BAA oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qoʻshma korxonalar soni izchil ortib bormoqda.

Bugungi kunda 20 milliard dollarlik loyihalar portfeli doirasida Amirliklarning yetakchi kompaniyalari bilan «yashil» energetika, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi muhim yoʻnalishlarda faol hamkorlik qilinmoqda.

Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» muloqotining ikkinchi sammitini oʻtkazish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.