Oʻzbekiston Prezidenti Fransiya taraqqiyot agentligi bilan Sheriklik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qayd etdi

0
58
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yigʻilishida ishtirok etayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktori Remi Riuni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Yangi Sheriklik dasturi va “yoʻl xaritasi” doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston agentlikning yetakchi hamkoridir. Qoʻshma loyihalar portfeli oʻtgan yilda oʻttiz foizga oshib, 1,3 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

“Yashil” iqtisodiyot, kommunal sohani, shu jumladan suv taʼminoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, chorvachilik va boshqa yoʻnalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini ilgari surish, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy etish, agentlikning “PROPARKO” va “Ekspertiz Frans” tuzilmalari bilan hamkorlik qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.