Oʻzbekiston Prezidenti Gruziya Bosh vaziri bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini muhokama qildi

0
137
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Gruziya Bosh Vaziri Irakliy Garibashvilini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikka doir, eng avvalo, transport va logistika, savdo, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Tranzit salohiyatini, shu jumladan mamlakatimiz yuklarini tashishda Poti va Batumi portlari infratuzilmasini samarali ishga solish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Gruziya hududidagi erkin sanoat zonalarida yaratilgan qulay sharoitlarni hisobga olgan holda toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish va sayyohlar oqimini oshirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.