Oʻzbekiston Prezidenti Misr bilan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatladi

0
47
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida Senat raisi Oʻzbekiston yetakchisiga Misr Prezidenti Abddulfattoh as-Sisining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Misr oʻrtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Barcha darajadagi muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo hajmi, qoʻshma korxonalar soni ortib bormoqda. Misrning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda geologiya, qishloq xoʻjaligi, energetika va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Parlamentlararo aloqalarni yanada faol rivojlantirish, qonun chiqaruvchi organlarda doʻstlik guruhlarini tuzish, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tajriba almashish muhimligi taʼkidlandi.

Xalqaro tuzilmalar, jumladan, Parlamentlararo ittifoq, Qoʻshilmaslik harakati va Arab parlamenti doirasida amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.