Oʻzbekiston Prezidenti “Oppenheimer” kompaniyasi bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi

0
37
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda “Oppenheimer” investitsiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aktivlari qiymati 36 milliard dollar boʻlgan ushbu yirik investitsiya bankining sarmoyasini jalb qilgan holda mamlakatimizda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Jon Tonelli mamlakatimizda sanoat quvvatlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish boʻyicha yirik loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan kelishuvlar erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Birinchi bosqichda toʻqimachilik klasterlari, qurilish materiallari sanoati korxonalarini rivojlantirish, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish moʻljallangan.

Bundan tashqari, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga investitsiya yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz ushbu rejalarni maʼqullab, mutasaddilarga tez fursatda amaliy ishlarni boshlashga topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.