Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan sheriklikning asosiy yoʻnalishlarini qayd etdi

0
126
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal surʼatda rivojlanayotgani – investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda kambagʻallikka qarshi kurashish va aholi turmush darajasini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi dasturlarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangi Sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.