Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

0
90
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Qirgʻiz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida..

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng koʻlamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev davlatimiz rahbariga Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston yetakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik yuksak darajaga chiqqani va sermahsul tus olganini, shu jumladan parlamentlar, hukumatlar, hududlar, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar darajasidagi muloqot va almashinuvlar ancha faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot fondi ishga tushirildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Faol siyosiy muloqotni davom ettirish hamda ustuvor dastur va loyihalarni, shu jumladan “Xitoy – Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.