Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan parlamentlararo aloqalarni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
57
marta koʻrilgan.

26 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng koʻlamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Qirgʻiziston parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik bugun yuksak darajaga chiqqani va sermahsul boʻlayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar olib borilmoqda, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortmoqda, kooperatsiya loyihalari, shu jumladan qoʻshma jamgʻarma investitsiyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Koʻp qirrali munosabatlarni kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni roʻyobga chiqarish va istiqbolli loyihalarni ilgari surish, hududlar va ishbilarmonlar darajasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda mamlakatlarimizda madaniy-gumanitar tadbirlarni oʻtkazishda yaqin parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va oʻzaro muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.