Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

0
43
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida Qozogʻiston Bosh vaziri Oʻzbekiston yetakchisiga Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajada erishilgan, shu jumladan tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat kooperatsiyasi va logistika loyihalarini ilgari surish borasidagi kelishuvlarning toʻliq amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu borada qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning samarali ishini davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.