Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidentini tugʻilgan kuni bilan muborakbod etdi

0
98
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Prezident Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Qozogʻiston Prezidentining birodar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi qayd etildi.

Muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan oliy darajadagi muloqotlar koʻp qirrali Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining jadal surʼat bilan rivojlanishiga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamkorlikning barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.