Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
135
marta koʻrilgan.

17 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari yaqinlashib kelayotgan bahoriy ayyom — Navroʻz munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Turkiy kengashning boʻlajak sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.