Oʻzbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

0
71
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bogʻ majmualari bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qoʻriqxonalariga tashrif buyurdi.

XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNYeSKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, meʼmorchilik va bogʻchilik sanʼati durdonalari sifatida tan olingan.

Tanishuv chogʻida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy toʻplamlari toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berildi. Oliy martabali mehmonlar eʼtiboriga musiqa va xalq ogʻzaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.