Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston elchisini qabul qildi

0
82
marta koʻrilgan.

23 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tojikiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiyni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida bugungi kunda ikki birodar mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qatʼiy harakatlari tufayli yuksak darajaga erishilganini alohida taʼkidladi.

Bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik barcha yoʻnishlarni qamrab olgan va jadal rivojlanishda davom etmoqda, aniq mazmun bilan boyimoqda.

Yaqin oylarda Tojikistonga oliy darajadagi tashrif rejalashtirilgan boʻlib, bugun ikki mamlakat hukumatlari uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan keng koʻlamli hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish ustida astoydil ishlamoqda.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasiga erishishdagi katta xizmatlari va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun elchi Sodiq Imomiyni Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirladi.

Diplomat uning mamlakatimizdagi faoliyatiga yuksak baholangani va har tomonlama qoʻllab-quvvatlangani uchun Oʻzbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Sodiq Imomiy mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi birodarlik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlidagi maqsad va vazifalarni soʻzsiz amalga oshirishga bundan buyon ham bor kuch-gʻayratini qaratishini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.