Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga yetib kelgach, Millat saroyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari jadal surʼat bilan rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Oʻzaro siyosiy iroda va birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli strategik sheriklik tamoyillari amalda roʻyobga chiqarilayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qoʻshma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ilgari surilmoqda. Hududlar darajasida faol muloqot yoʻlga qoʻyilgan.
Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga OHICHK sammiti doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.