Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini saylovda qozongan gʻalabasi bilan tabrikladi

0
98
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini kuni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan tabriklab, unga birodar tojik xalqi farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, Hukumatlararo komissiya qarorlarini bajarish hamda boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Prezidentlar Qozogʻiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining Qirgʻiz Respublikasidagi vaziyat yuzasidan qoʻshma bayonoti qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot soʻngida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi uzoq muddatli va keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga ikkala tomonning ham intilishi qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.