Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi

0
99
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni bugun boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy gʻalabasi bilan samimiy qutladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.

Suhbatda Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ham koʻrib chiqildi.

Oliy darajadagi Kengashning navbatdagi yigʻilishi kun tartibini tayyorlash maqsadida barcha darajalarda faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here