Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya ichki ishlar vaziri bilan huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

0
141
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni qabul qildi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida huquqni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida vazir Sulaymon Soylu davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Turkiya tomoni saʼy-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish va xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida tizimli idoralararo sheriklikni yoʻlga qoʻyishga tayyor ekani qayd etildi.

Suhbatda faol muloqotlarni, axborot almashishni va ilgʻor tajribani oʻrganishni davom ettirish, uyushgan, shu jumladan kibermakondagi jinoyatchilik, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here