Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bilan uchrashdi

0
129
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Anqara shahridagi Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammiti doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻtgan yilgi tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar, yaqinda oʻtgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishining samarali yakunlari, tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oshayotgani va ustuvor tarmoqlarda sheriklik kengayib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish ishlarini boshlash hamda energetika, mashinasozlik, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga muhim eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, boʻlajak tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi.

Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here