Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Yangi Oʻzbekistonda islohotlar strategiyasini amalga oshirishga ekspertlik koʻmagini koʻrsatish hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va institutlari bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish maqsadida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini modernizatsiya qilishga texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish borasida amaliy hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
Samarqand shahrida oʻtkaziladigan «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» sammitiga tayyorgarlik doirasida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.