Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

0
109
views

Davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yoʻlida qurbon boʻlganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi.

1949 yil 1 oktyabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani eʼlon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning oʻrtalarida bunyod etilgan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here