Oʻzbekiston Prezidenti YeXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

0
41
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YeXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan 20 aprel kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari YeXHT bilan sermahsul aloqalar, ochiq va konstruktiv muloqot yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonga YeXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau, tashkilot bosh kotibi Xelga Shmid, Milliy ozchiliklar masalalari boʻyicha Oliy komissar Qayrat Abdurahmonov tashrif buyurganini taʼkidlash joiz.

Byuro ekspertlari mamlakatimiz milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

DIIHBning 2016, 2019 va 2021 yillarda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan umumxalq saylovlaridagi keng koʻlamli missiyalari yakunida berilgan tavsiyalar hisobga olingan va joriy qilingan.

Uchrashuv davomida referendumni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Missiya rahbari Albert Yonsson mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida oʻz aksini topgan Yangi Oʻzbekistondagi demokratik yangilanishlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.