Oʻzbekiston Prezidentiga Ramazon hayiti munosabati bilan xorijiy hamkorlardan qutlovlar

0
97
marta koʻrilgan.
 

Ushbu  qutlugʻ ayyom kunlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan butun musulmon olami uchun muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabrik va tilaklar izhor etilgan qutlovlar kelmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xorijiy hamkorlar oʻz tabriknomalarida koʻp millatli xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilab, Oʻzbekiston bilan doʻstlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi intilishi qatʼiy ekanini tasdiqlaganlar.

Xususan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said

Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun

Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said  

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar bin Muhammad Hamza Hadjar

Turkiy kengash bosh kotibi Bagʻdod Amreev

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.