Ushbu qutlugʻ ayyom kunlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan butun musulmon olami uchun muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabrik va tilaklar izhor etilgan qutlovlar kelmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Xorijiy hamkorlar oʻz tabriknomalarida koʻp millatli xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilab, Oʻzbekiston bilan doʻstlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi intilishi qatʼiy ekanini tasdiqlaganlar.
Xususan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun
Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun
Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar bin Muhammad Hamza Hadjar
Turkiy kengash bosh kotibi Bagʻdod Amreev
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.