Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

0
80
views

Doha shahridagi “Amiri Devon” majmuasida davlat tashrifi bilan Qatarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkest ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Marosimdan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here