Oʻzbekiston rahbari “Al Mirqab Capital” xoldingi rahbarini qabul qildi

0
51
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Al Mirqab Capital” xolding kompaniyasi ijrochi direktori Saif ur-Rahmon Xonni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

1983 yilda asos solingan “Al Mirqab Capital” xoldingi AQSH, Yevropa va Yaqin Sharqda “For Seasons”, “The Ritz Carlton” va boshqa brendlardagi 20 ta yirik mehmonxona egasidir. Kompaniya aktivlari qiymati 8 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

Uchrashuvda mehmonxona infratuzilmasi va turizm xizmatlarini rivojlantirish, logistika va energetika tarmogʻini modernizatsiya qilish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya tomonidan Toshkent viloyatida logistika markazi, Buxoro shahrida mehmonxona-kongress majmuasini qurish, mamlakatimizda elektr ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga investitsiya kiritish rejalari koʻrib chiqildi.

Investitsiya loyihalari qoʻshma “yoʻl xaritasi” asosida amalga oshiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.