Davlatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qoʻshayotgan katta hissasi, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, samarali innovatsion loyihalar va qoʻshma dasturlarni amalga oshirish, respublikamizdagi keng qamrovli islohotlar va demokratik oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qoʻllab-quvvatlash borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash yoʻlidagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlansin:
Gurjiy Stepan Leonidovich — Rossiya Federatsiyasi «Lukoyl» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika boʻyicha vitse-prezidenti
Muxammad Abunayyan — Saudiya Arabistoni Podshohligi «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi
Muxammad Jamil Al-Ramaxiy — Birlashgan Arab Amirliklari «Masdar» kompaniyasi bosh ijrochi direktori
Jemil Kazanji — Turkiya Respublikasi «Aksa Energy» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi
Mexmet Jengiz — Turkiya Respublikasi «Cengiz Holding» kompaniyasi asoschisi
Shandor Chani — Vengriya Respublikasining «OTP Bank» boshqaruvi raisi
Seyfollax Gasemi — Amerika Qoʻshma Shtatlarining «Air Products» kompaniyasi boshqaruvi raisi
Peris Muratoglu — Fransiya Respublikasining «Total Eren» kompaniyasi boshqaruvi raisi
Sh.Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti