Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash toʻgʻrisida

0
69
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Davlatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qoʻshayotgan katta hissasi, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, samarali innovatsion loyihalar va qoʻshma dasturlarni amalga oshirish, respublikamizdagi keng qamrovli islohotlar va demokratik oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qoʻllab-quvvatlash borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash yoʻlidagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlansin:   

Gurjiy Stepan Leonidovich — Rossiya Federatsiyasi «Lukoyl» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika boʻyicha vitse-prezidenti

Muxammad Abunayyan — Saudiya Arabistoni Podshohligi «ACWA Power» kompaniyasi  boshqaruvi raisi

Muxammad Jamil Al-Ramaxiy  — Birlashgan Arab Amirliklari «Masdar» kompaniyasi bosh ijrochi direktori

Jemil Kazanji — Turkiya Respublikasi «Aksa Energy» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi

Mexmet Jengiz — Turkiya Respublikasi «Cengiz Holding» kompaniyasi asoschisi

Shandor Chani — Vengriya Respublikasining «OTP Bank» boshqaruvi raisi

Seyfollax Gasemi — Amerika Qoʻshma Shtatlarining «Air Products» kompaniyasi boshqaruvi raisi

Peris Muratoglu — Fransiya Respublikasining «Total Eren» kompaniyasi boshqaruvi raisi

 

Sh.Mirziyoyev    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.