Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Vengriyaga boradi

0
65
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19-20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara oʻtkazadi, unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatining erkaklar oʻrtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.