Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Dubay shahriga amaliy tashrifi doirasida BAAning “SWS”, “Air Products” va “Tadweer” kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi

0
104
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Dubay shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida 2 dekabr kuni hamkor kompaniyalarning rahbarlari bilan  uchrashuvlar oʻtkazganligi haqida  xabar beriladi  prezident. uz rasmiy veb- saytida.

 BAAning “SWS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ahmad Al-Shamsiy bilan kompaniyaning Oʻzbekiston hududlarida suv taʼminoti va suvni tozalash sohalaridagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirish, bunda xalqaro sheriklarni, shu jumladan Fransiyaning “SUEZ” va Yaponiyaning “Marubeni” kompaniyalarini jalb qilish borasidagi rejalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  “Air Products” kompaniyasi boshqaruvi raisi Seyfi Gasemini qabul qilib,  hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi. Davlatimiz rahbariga joriy loyihalarning borishi va yangilariga tayyorgarlik holati taqdimot qilindi.

Oʻzbekiston Prezidenti “Tadweer” kompaniyasining  bosh ijrochi va boshqaruvchi direktori Ali al-Daheriyni qabul qildi. Amirliklar kompaniyasining Oʻzbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, bunda ilgʻor texnologik yechimlarni joriy qilish rejalari koʻrib chiqildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here