Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

0
119
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuvda Vagit Alekperov davlatimiz rahbariga mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasi ishtirokidagi ustuvor investitsiya va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

Bugungi kunda “LUKOYL” Oʻzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan eng yirik investorlardan biri ekanini taʼkidlash joiz. Investitsiyalar hajmi 10 milliard dollarga yetmoqda.

Xususan, 8 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritmoqda. Hauzak va Shodi konlari, Janubi-Gʻarbiy Hissordagi konlar oʻzlashtirilmoqda. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Suhbat chogʻida pandemiya oqibatlarini yengib oʻtish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma loyihalarning samaradorligini oshirish va “LUKOYL” kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan idoralararo ishchi guruh tuzish va “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.