Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarini qabul qildi

0
123
marta koʻrilgan.

17 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida boʻlib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Yuqori martabali mehmon qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Turkmaniston yetakchisining barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanib borayotgan Turkmaniston-Oʻzbekiston aloqalariga yuksak baho berilgan maktubini topshirdi.

Unda Turkmaniston rahbari ikki mamlakatning xalqaro siyosat va mintaqaviy munosabatlar borasidagi pozitsiyalari yaqin va oʻxshashligini alohida qayd etgan.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, suv va qishloq xoʻjaligi sohalarida yangi kooperatsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari va bu boradagi amaliy chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish muhim ekani taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.