Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar

0
355
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid ol Maktum bilan telefon orqali soʻzlashdi deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida Oʻzbekiston yetakchisi Amirliklar Vitse-prezidentini qutlugʻ bayram — ushbu mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan muborakbod etib, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

BAA ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va gumanitar taraqqiyotning barcha soha va yoʻnalishlarida katta yutuqlarga erishayotgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani alohida taʼkidlandi. Bularning barchasi Dubayda muvaffaqiyatli oʻtkazilayotgan EXPO butunjahon koʻrgazmasi tadbirlarida ham oʻz tasdigʻini topmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti va Amirliklar Vitse-prezidenti har doimgidek yaqin va doʻstona ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda koʻp qirrali sheriklikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanini qayd etdilar.

Yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, “yashil” energetika, savdo va logistika, shuningdek, intellektual salohiyatni roʻyobga chiqarish sohalarida istiqbolli qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Faol muloqotni va barcha yoʻnalishlarda keng koʻlamli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Telefon orqali muloqot ochiq, doʻstona va ishonchli ruhda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.