Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF–270-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

0
72
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Ramazon hayitining birinchi kuni 2023 yilda 21 aprelga toʻgʻri kelishini  inobatga olgan holda aholining ushbu bayramni munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF–270-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                      Sh.Mirziyoyev

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF–270-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2023 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2 yanvar – dushanba, 24 aprel – dushanba, 30 iyun – juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – seshanba, 20 mart – dushanba, 22 mart – chorshanba, 22 aprel – shanba, 1 iyul – shanba, 2 sentyabr – shanba, 30 dekabr – shanba”.

2. 3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.