Mamlakatimizda aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sharoitida professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgani, chuqur bilim va yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan ragʻbatlantirildi.
Mukofotlar muborak boʻlsin, jonkuyar, jonga jon shifokorlar! Ayniqsa pandemiya sharoitidagi fidoyiliklari tahsinga loyiq.
Xalqimizning salomatligini muhofaza qilishdek sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifani bajarib kelayotgan barcha tibbiyot xodimlariga yuksak ehtirom va chuqur minnatdorlik bildirib, barchangizni kasb bayramingiz bilan qutlaymiz. Salomatlik, oilaviy baxt-saodat va ishlaringizda omadlar tilaymiz!
Gujum.uz