Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi

0
177
marta koʻrilgan.

Farmonda xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Oʻzbekistonning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni ham yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida, ham Oʻzbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi etib qayta tashkil etildi. 

 Jamgʻarma Xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va oʻqishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʻarmasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi qayd qilindi. 

Farmonda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari  belgilab berildi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.