Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi.

0
197
views

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari – Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — «Oʻzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi, deya xabar beradi «Oʻzbekneftgaz» AJ ning matbuot xizmati

Tuzilmada bosh vazir oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimi joriy etildi.

Prezident qarori bilan Alisher Sultonov bosh vazir oʻrinbosari – Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Alisher Sultonov «Oʻzbekneftgaz» rahbarligidan ketgani xabar berilgandi.

Endilikda, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Sultonov oʻrniga «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here