Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi Saydi Umirov vafot etdi

0
151
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi,  publitsist goʻzal qalbli, samimiy inson Saydi Umirov 82 yoshida boqiy  olamga rixlat etdi.

Jurnalistika olamiga koʻplab shogirdlar yetishtirgan Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Payariq tumanida tugʻilgan. Ustoz butun umrini jurnalist kadrlar tayyorlashga bagʻishladi. Jurnalistikaga oid koʻplab kitoblarning muallifi, olim, serqirra ijodkor Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi edi. Ustozning yorqin xotirasi shogirdlari qalbida, ishlarida yashaydi.

Ustoz Saydi Umirovning yaqinlariga, shogirdlariga  taʼziya izhor qilamiz.

GUJUM.UZ 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.