Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

0
160
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi oʻz ifodasini topgan. 

Jumladan, 2019 yilda oliy taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturlari 7, 7a, 7b, 7v, 7g, 7d va 7e-ilovalarga muvofiq;

2019 yilda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 8-ilovaga muvofiq;

2019 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi 9-ilovaga muvofiq kabi koʻplab manzilli dasturlar amalga oshirilishi belgilangan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.