Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

0
65
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida Belarus rahbari mamlakatimiz yetakchisi va koʻp millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi, Oʻzbekistonga tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti, oʻz navbatida, Belarus Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va amaliy sheriklik loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi tufayli Oʻzbekiston-Belarus munosabatlarida yuksak darajaga erishilganini taʼkidladilar.

Oʻtgan yilda tovar ayirboshlash 44 foizga, joriy yilning yetti oyida esa yana 12 foizga oshdi. Oʻtgan hafta Minsk shahrida qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlariga doir ishlab chiqilayotgan yirik kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Davlat rahbarlari faol madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish lozimligini taʼkidladilar.

Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitini oʻtkazish yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.