Oʻzbekiston va Misr keng koʻlamli hamkorlikni mustahkamlamoqda

0
142
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar yakuni boʻyicha hujjatlar imzolash marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qoʻshma bayonotni qabul qildilar.

Prezidentlar huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari, Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Misr Investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasi oʻrtasidagi, oʻsimliklar karantini va himoyasi, jamoat sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish va ikki tomonlama investitsiyaviy munosabatlarni mustahkamlash, texnik jihatdan tartibga solish, taraqqiyot masalalarida tajriba almashish kabi yoʻnalishlardagi hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Sharqshunoslik instituti tomonidan Misr Milliy kutubxonasi va arxivi bilan oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here