Oʻzbekiston va Moldova Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
126
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida 10 oktyabr kuni  Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Oʻzaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.