Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

0
196
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdilar.

Taʼkidlash joiz, 2019 yil mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich boʻldi.

zaro aloqalar jadallashdi, savdo koʻrsatkichlari ikki barobar oʻsdi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari ilgari surilmoqda, hududlar oʻrtasidagi va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.

Suhbatda davlat rahbarlari Toshkent shahrida oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini yuksak baholadilar.

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining istiqbollari hamda 2020 yilga moʻljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here