Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari erishilgan kelishuvlarning bajarilishini koʻrib chiqdilar

0
16
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy hamkorlik surʼati oshib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzaro savdo hajmi, qoʻshma loyiha va korxonalar soni oʻsmoqda. Chegaraoldi savdo-logistika zonasi barpo etilmoqda. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda – mart oyida Dushanbe shahrida ikki mamlakat yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinchi forumi samarali oʻtdi.

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari joriy kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va amaliy hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va ikkinchi Hududlar forumi kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekanini taʼkidladilar.

Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.